<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 // Xudo deb bilganlarim
 Xudosiz qilganlarim
 Bagʻrimni tilganlarim
 Hammasi bekor ekan //
 Tirik Xudo bor ekan
 Hammasi bekor ekan
 // Tirik Xudo bor ekan //
 Hammasi bekor ekan

[V2]
 Ishondim tumorlarga
 Sigʻindim mozorlarga
 Aytaman doʻst-yorlarga
 Hammasi bekor ekan
 Tirik Xudo bor ekan
 Hammasi bekor ekan
 // Tirik Xudo bor ekan //
 Hammasi bekor ekan

[V3]
 // Marhumlardan soʻradim
 Mavhumlardan soʻradim //
 Egildi bu gʻoz qaddim
 Hammasi bekor ekan
 Tirik Xudo bor ekan!
 Hammasi bekor ekan
 Tirik Xudo bor ekan

[V4]
 // Topindim yangi oyga
 Egildim puldor boyga //
 Oqarkan soylar soyga
 Hammasi bekor ekan
 Tirik Xudo bor ekan
 Hammasi bekor ekan
 // Tirik Xudo bor ekan //
 Hammasi bekor ekan
 Tirik Xudo bor ekan

[V5]
 // Band tugdi folbin borsam
 Ishonib yurak yorsam
 Kimlar ichmadi qasam
 Hammasi bekor ekan
 Tirik Xudo bor ekan! //
 &quot;Sodiqlar&quot; ketdi tashlab
 Gʻam kelsa koʻzim yoshlab
 Yigʻladim labim tishlab
 Hammasi bekor ekan
 Tirik Xudo bor ekan!

[V6]
 Shukurki topdi Xudo
 Rabbim qilib jon fido
 Odamlar boʻlmang ado
 Hammasi bekor ekan
 Tirik Xudo bor ekan!
 Hammasi bekor ekan
 // Tirik Xudo bor ekan! //</lyrics>
<title>Tirik Xudo Bor Ekan</title>
</song>